Yuragimdan oromim, halovatim olgan sen,
Mudrab yotgan ko`zlarimga bedorlikni solgan sen.
Osmon qadar g`ururimni majnuntolga o`xshatib,
Bir go`zalga egib qo`yib, yuksaklarda qolgan sen!
Osmon qadar g`ururimni majnuntolga o`xshatib,
Bir go`zalga egib qo`yib, yuksaklarda qolgan sen!
Muhabbat, muhabbat, hali men yetmagan qirlarimsan,
Yuragimda asragan sirlarimsan, muhabbat.
Ey muhabbat, hali sening jamolingga to`ymadim,
Shabnam kabi pok nomingni bir dam tildan qo`ymadim. (x2)
Gulshaningda hijronlarning tikonlari tilsa ham,
Ortga qaytib, seni zinhor bevafoga yo`ymadim.
Gulshaningda hijronlarning tikonlari tilsa ham,
Ortga qaytib, seni zinhor bevafoga yo`ymadim.
Muhabbat, muhabbat, hali men yetmagan qirlarimsan,
Yuragimda asragan sirlarimsan, muhabbat.
Sen men uchun umrimdagi eng ardoqli tuyg`usan,
Hijroningni qayg`u desam, eng maroqli qayg`usan.
Ko`plar o`tdi, o`tmoqdalar, bir kun biz ham o`tarmiz,
Oshiqlarga aziz bo`lib, yana o`zing mangusan.
Muhabbat, muhabbat, hali men yetmagan qirlarimsan,
Yuragimda asragan sirlarimsan, muhabbat. (x3)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- May 8, 2016