Yaratganim, o`zingga shukur,
G`amlar berib, suyganing uchun. (x2)
Yaratganim, o`zingga shukur,
Meni loyiq ko`rganing uchun. (x2)
Yaratganim, o`zingga shukur.
Birda kelib, ketar omadni,
Qadrin bil, deb barcha ne`matni, (x2)
Tashvishlari bisyor davlatni
Kamlar berib suyganing uchun. (x2)
Yaratganim, o`zingga shukur.
Mo`jizang ko`p, aytay qay birin,
Goho oshkor, goho yashirin,
Dunyo ahli termulgan zamin,
Buxoriylar berganing uchun.
Yassaviyu Islomda ustun
Termiziylar berganing uchun.
Ming bor qulluq, xolis ustozlar,
Berding shoir, hofizu sozlar,
Haqni yoz, deb oppoq qog`ozlar,
Qalam berib, suyganing uchun.
Yaratganim, o`zingga shukur.
Gunohlarim ildizin qirqib,
Toat qilsam, o`zingdan qo`rqib, (x2)
G`am bersang-da, ko`zimga surtib,
Shukur, Tangrim, suyganing uchun.
Dard bersang ham, ko`zimga surtib,
Shukur, Tangrim, suyganing uchun.
Yaratganim, o`zingga shukur. {x2}
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- October 24, 2015