[Farhod va Shirin]
Bu bizlarga ibrat, ey zamindoshlar,
Ona yerni oqizmasin ko`z yoshlar.
Urush orzularni barbod etgaydir,
Faqat tinchlik yorqin hayotga boshlar.

[Ozodbek Nazarbekov]
Bir-birovga yovday boqib o`tmaylik,
Dillarni mehrga muhtoj etmaylik.
[Gulsanam Mamazoitova]
Tinchlik – Alloh bergan eng ulug` ne’mat
Nizolar domida oqib ketmaylik.

[Birgalikda]
Tinchlik uchun, tinchlik uchun,
Tinchlik uchun, tinchlik uchun. (x2)

[Farrux Zokirov]
Mardlik emas tinchlikka kim solsa chang,
Eng mardona jang – nafsga qarshi jang.
[Nasiba Abdullayeva]
Og`a-inilarim, ey jigarlarim,
Faqat tinchlik uchun kurashib yashang.

[Milena Madmusayeva va Ramiz Usmonov]
Insonlarmiz garchi turfa tilimiz,
Yurtlar boshqa, ammo bir xil dilimiz.
Farzandimiz Odam bilan Havoning,
Demak opa-singil, og`a-inimiz.

[Ozodbek Nazarbekov]
Qabul etmang buni shirin tush kabi,
Rostdan uchmoqdamiz erkin qush kabi.
[Gulsanam Mamazoitova]
Bugun bizlar yon qo`shni xalqlar bilan
Tinchlik uchun kurashgaymiz musht kabi.

[Birgalikda]
Tinchlik uchun, tinchlik uchun,
Tinchlik uchun, tinchlik uchun. (x2)

[Bolalar]
Bizga bering baland-baland tog`larni,
Mevalari shirin-shakar bog`larni.
Tortib olmasin yomon odamlar hech ham
Bizlar o`ynab yurgan o`yinchoqlarni.

[Birgalikda]
Tinchlik uchun, tinchlik uchun,
Tinchlik uchun, tinchlik uchun. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 13, 2018