[Radius 21]
Ko`rmaganda seni bosh og`rig`im yo`q edi,
Ko`zlaring tuzoq ediyu dilim bedor edi.
Yuragimdan urib qolasan, bilmayin qoldim,
Endi nima bo`lsa bo`ldi, taqdirimga soldim.

[Samandar Hamroqulov]
Daryodek toshding sen, haddingdan oshding sen,
Balki g`o`r yoshding sen, hey, yey-yey-ye.
O`zimga ishondim, o`rnimni topoldim,
Ko`nglingdan joy oldim, hey, yey-yey-ye.

U-u-u yonimda qol,
U-u-u dardimni ol. (x1+x1)

[Radius 21]
So`zlariga uni ishonding, o`ylading bari yolg`on,
Yuraging tobora bekor ovora qilma, o`yla xato qilma.
Xatoni hayot kechirmaydi, so`nggi qaroringni ayt,
Maqsadingni, niyatingni manga ayt.

Qay orzular saning xayolingda,
Nimalar dilingda, sani xayolingda?
Xayolingda mendan o`zga bo`lolmaydi aniq,
Ko`ngilchangning ko`chasiga yo`lolmaydi aniq.

[Samandar Hamroqulov]
Oftobsan arshida, porlaysan qarshimda,
Savdoying boshimda, hey, yey-yey-ye.
Hayot bir sahnadir, nazaring tashla bir,
Jon senga tashnadir, hey, yey-yey-ye.

U-u-u yonimda qol,
U-u-u dardimni ol.

(Assalom alaykum, bormisiz?
Bugun ozroq bekormisiz?
Ana, mana deb o`tirmang,
Mana, ana deb o`tirmang,
Bizda kino mana bunaqa,
Hammasi zo`r ana shunaqa!)

[Radius 21]
Stop, mator, olindi kino,
Harakati ila urinishi bo`ldi fido.
Sevgi nima, huzur nima o`zi,
Nima o`zi baxt?

[Samandar Hamroqulov]
Hamma, hammasini shoshilmagin beradi Xudo.

U-u-u yonimda qol,
U-u-u dardimni ol.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Arzanda
Xonanda:
Radius 21, Samandar Hamroqulov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 26, 2016