Radius21 - Drama

Radius 21

Drama

Mobila qo’limda,
Asta sekin raqamni terdim, (Allo)
Uzoq gudokdan keyin javob eshitdim.
Jimlik kuyini chalardi bir necha soniya,
Bizdan yiroqda edi, uzoqda garmoniya.
Dialogni men ochdim, u esa davom etdi,
Uchrashuv belgiladik,
Ozgina vaqtlar o’tdi.

Tuyg’ular esdan chiqqan,
Yuzma-yuz o’tirdik biz,
O’ylanardik ikkimiz –
Sevgidan qolganmi iz?
Unda yangicha hayot,
O’zgacha bir maniya,
Men bilan Toshkent bo’lsa,
U bilan Ispaniya!
Mening ustimda soddagina mayka,
U-chi’ –
Boshidan oyog’igacha
Prado, Rollex, Gucci.

Seni yaxshi tushunaman,
Men bilan nima ko’rding?
Befoyda she’rlarimmi,
Sanoqdagi har bir tiyin,
Jahldagi qichqiriq,
Sevgi izxor… Shu xolos!
Intilib kutganingdan
Olarding doimo oz.

U esa – boshqa dunyo,
Quruq gap gapirmaydi,
Jahlda baqirmaydi,
Pulda maydalashmaydi.
Men kelardim sovg’asiz,
U esa gullar bilan,
Sevgim bilan ko’mardim,
U esa pullar bilan.

Boshingni qotirma, mayli,
O’zi shundoq ham ayon,
Gaplarim yolg’on bo’lsa,
Men ham qilmasdim bayon.
Unda Audi, to’rtinchi,
Yonida valyuta ko’pincha,
O’tmishni esdan chiqar,
Mana endi prestij ham.

Bir kun kelib ko’rasan –
Aslida xato qilding,
Sevgi pulga sotilmas,
Muhabbatni xor qilding.
Baxt degani pulmikan?, –
Deya ikkilanaman,
O’z yo’lingni tanlading-ku,
Men nima qila olaman?

Yo’q unda daryo pullar –
Shivir aytib qo’yasan,
Sevgi qiziqtirmaydi –
Deya javob berasan.
O’ylanib ko’rgin bir bor,
Haliyam imkoni bor…

Sen esa jimlik saqlab,
Birdan solib ketding dod:
Yana shu isterika,
Yana o’sha panika,
Go’yoki sen farishtayu,
Men aybdor bariga! ( haa!)
Qo’lidagi mobili sindi,
Sochilib ketdi tekila,
Ovozing g’azab bosib
Yana o’sha eski gap!

Ko’zlaringga yosh olib
Qara, e`tiborsiz – sen,
Hayotda mazmuning yo’q,
Lazzatsiz – hayot, seni deb!
Nima, hali men aybdormanmi,
Boylikka sen o’ch bo’lsang?
Seni ko’tara olmayman!
“Jim bo’l!”
“Ovozing o’chsin!…”

Tomchilar tushgan ko’zingdan,
G’azab tushmagan yuzimdan,
Birdan tugadi bu drama,
Uyma-uy ketgandi hamma.
Aybsiz – ikkalamiz,
Shunchaki turlimiz biz,
Senga baxt pulda bo’lsa,
Menga edi ikkimiz…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Drama
Xonanda:
Radius 21
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 16, 2013