Salom, qalay, shoshasan qayga?
O`zgarmagansan, go`zalsan o`sha-o`sha.
Jimsan, indamaysan, xafasan nega?
Nahotki, alamlar qiynar
bo`lsa bizni yillar osha?
Hayot asli o`tgan kunlar emas,
Hayot esda qolgan go`zal, betakror damlar.
Ko`z yoshlarni eslash kerak emas,
Usiz ham yuraklarimizda
To`lib-toshgan alamlar.
Ketding, qalbim vayron etding,
Qaysi orzuyingga yetding?
Baxtli bo`lsang ham mayliga,
Achinmas edim holingga. (x2)
Taqdir sha’ma qilar sevgiga,
Ikkilanarsan, uchrashmasmiz balki
Boshqa hech qachon.
Ko`zlaring yonar, uchrashdik ayt nega?
O`zingni o`zing aldaysan
Sevmayman deb qachongacha?
Axir baxtli ham bo`lgan edik
Jonginam birga,
Birga bo`lishni xohlar edik
Bir umrga.
Ketding, qalbim vayron etding,
Qaysi orzuyingga yetding?
Baxtli bo`lsang ham mayliga,
Achinmas edim holingga. (x2+x4)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- January 6, 2017