Radius 21 va Ziyoda - Paydo bo'lding (Notanish soundtrack)

Radius 21, Ziyoda

Paydo bo’lding

[Radius 21]
Mani xayolim yolg`iz sen bilan ovora bora-bora,
Yuragimdagi his-tuyg`ularimni qilgim keladi senga oshkora.
Bir bora qaraganman-u ko`zim uzolmaganman ikkimizni bari
Yuragimdagi mehr-muhabbatim oshib-toshib boradi kuniga ikki karra.

Fizika qonunlaridan mani tuyg`ularim yuqori,
O`zicha seva oladi hattoki muttaham, bezori.
Men esa oddiy bolaman, baxtimni toptim el qatori bora,
G`aroyib kuchga to`laman, vujudim egalladi sevgining madori.
(Sevgining madori)

[Ziyoda]
Paydo bo`lding birdan hech qayerdan, ko`z o`ngimda,
Shaydo bo`ldim chindan, yuragimdan, sen ko`nglimda. (x2)

[Radius 21]
Hali-beri tanishib ulgurmaganmiz, jonim hali,
Hayotim o`zgara boshladi mani, tinch-totuv hayotim qani?
Halovatim yo`qoldi, haroratim ilgarigidan yuqori,
Hijron azobi yoqimli, go`zalim, qora ko`zlaring xumori.

Vaslingga chora izlayman, ovora tun-u kun man bechora,
Sevaman deb aytolmaysan, lekin umid bilan kutaman yana qandaydir ishora.
Dunyoni ostun-ustun qilaman, Xitoyga borib kelaman piyoda,
Sevaman desang bas, muhabbating men uchun hamma narsadan ziyoda.

[Ziyoda]
Paydo bo`lding birdan hech qayerdan, ko`z o`ngimda,
Shaydo bo`ldim chindan, yuragimdan, sen ko`nglimda. (x2)

[Radius 21]
Shirin tabassuming balki sevgidan nishon,
Seni baxtli qila olaman, gapimga ishon. (x2)

[Ziyoda]
Balki men ham seni sevaman chindan ham,
Lekin senga aytolmayman, jonginam.

Shirin tabassumim balki sevgidan nishon,
Lekin buni senga aytmasman hech qachon! (x2)

Paydo bo`lding birdan hech qayerdan, ko`z o`ngimda,
Shaydo bo`ldim chindan, yuragimdan, sen ko`nglimda.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Paydo bo’lding
Xonanda:
Radius 21, Ziyoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 25, 2017