Bir qiz yig`lar buloq boshida,
Ma’yus majnuntollar qoshida.
Ko`ngil oqib ko`zin yoshida,
Bevafo ko`p ekan dunyoda.
Nigohida oftoblari bor,
Nolishlari, javoblari bor,
So`ngan sevgi azoblari bor,
Bevafo ko`p ekan dunyoda.
Tovoniga tushgan kokillar
Qizginaga qo`shilib yig`lar.
Bir so`z dilga sanchadi tig`lar:
Bevafo ko`p ekan dunyoda.
Qo`y yig`lama, mani jon singlim,
Men ham sendek bag`ri qon, singlim.
Menga ham yo`q mehribon, singlim,
Muhabbat yo`q ekan dunyoda. (x2)
Dildan ko`chib ketsa xayollar,
Yomonga yo`q ekan jazolar.
Yolg`on dunyo ekan dunyolar,
Bevafo ko`p ekan dunyoda.
Ermak ekan endi Laylolar,
Majnun g`arib kezgan sahrolar,
Ertak ekan Tohir-Zuhrolar,
Bevafo ko`p ekan dunyoda.
Bir qiz yig`lar buloq boshida,
Ma’yus majnuntollar qoshida.
Ko`ngil zori ko`zin yoshida,
Bevafo ko`p ekan dunyoda.
Qo`y yig`lama, mani jon singlim,
Men ham sendek bag`ri qon, singlim.
Menga ham yo`q mehribon, singlim,
Muhabbat yo`q ekan dunyoda. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- January 13, 2017