Radius 21 va Ziyoda - Unutolmadim (Notanish filmiga soundtrack)

Radius 21, Ziyoda

Unutolmadim

[Ziyoda]
Sendan judo bo`lsamda,
Kecholmadim, azizim.

[Radius 21]
Bugun ko`zlarimda nam,
Sevgim yolg`on emas hech.
Kechmagan bo`lsang mendan,
So`z ochma judolikdan.

[Ziyoda]
Bu ne siru-sinoat,
Kecholmadim, azizim.

[Radius 21]
Nimasini ham aytay,
Bu sevgi sir emas hech.
Taqdirga tan bermasdan,
Tolmasman kurashishdan.

[Ziyoda]
Taqdir ekan, tan berdim,
Tole’yimga bitmading.

[Radius 21]
Ishonaman kun kelar,
Yulduzlar porlab ketar.
Shunda taqdirning o`zi
Sevgimizga tan berar.

[Ziyoda]
Yillar yuvdi ko`nglimni,
Sen yuvilib ketmading.

[Radius 21]
Mayli sening ko`nglingni
Yil emas, asr yuvsin.
Yurakdagi sevgimning
Qudrati yuvilmasin.

[Radius 21 va Ziyoda]
Qondir, bemor yuragim chala yarim jondir,
Qalbim bog`lari sarg`aygan xazondir,
Negadir seni unutolmadim.
Bordir, hali-hali sendan umidim bordir,
Sensiz dunyo, go`zalim, juda tordir,
Negadir seni unitolmadim. (x2)

[Radius 21]
Qalbim to`la mehr, chindan ham sevaman axir,
Olib ketadi xayolim mani sen tomon,
Sog`inaman yomon armonda, xazonda, gumonda.
Baxtli bo`laman deganimda endi,
Yarim bo`lagimni topganimda senda,
Hech qaylarga g`oyib bo`lasan hayotimdan.

Kimdan ko`raman sababini, kim biladi,
Nega taqdir bizning ustimizdan kuladi?
Uchrashtiradiyu ayiradi, ketidan
Azoblar keladi sevgining hididan.
Baxtsiz muhabbatim yosh boshimga balo,
Majnun dardiga nega bo`ldim mubtalo?

Layli, Laylimisan, Shirinmisan,
Bu dunyoda sensiz manga juda zerikarli.

[Radius 21 va Ziyoda]
Qondir, bemor yuragim chala yarim jondir,
Qalbim bog`lari sarg`aygan xazondir,
Negadir seni unutolmadim.
Bordir, hali-hali sendan umidim bordir,
Sensiz dunyo, go`zalim, juda tordir,
Negadir seni unitolmadim. (x2)

[Radius 21]
Sensiz yurak chaqnamas, urmas,
Tomirlarda qaynamas qonim.
Chunki sen-la vujudim, qalbim,
Qaynoq hayot, suyukli jonim.

Izlaganda birinchi bora
Hayot uchun o`zimga sirdosh,
Qayerdandir seni uchratdim
Va sen bo`lding qalbimga quyosh.

Shuning uchun sevaman seni,
Shuning uchun mehrimni qo`ydim.
Shuning uchun hayot yo`lida
Faqat seni-seni tanladim…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Unutolmadim
Xonanda:
Radius 21, Ziyoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 11, 2016