Radius 21 & B-Hud ft. Azeez aka - Xotira

Radius 21

Xotira

Pul, tillo, boylik kelganda har dam,
O`zgarishi mumkin ekan har qanday odam.
Seni suymagan insonga talpinar yurak,
Afsus, o`sha sevganingga boshqasi kerak.

Do`stni do`st deyishga qo`rqamiz shu on,
Ishonib turganimiz aldaydi hamon.
Rost deb bilganimiz aslida yolg`on,
Jannatni unutib, ketamiz jahannam tomon.

Haqiqatga termulaman ko`zim yoshlanib,
Yasholmaymiz to`rt devorga bizlar qamalib.
Kimdir oila boqaman deb chetga intilar,
Tashqarida, ming afsuski, g`urur toptalar.

Bir qog`oz parchasi asli o`sha pul,
Biroq o`sha hal qiladi kim qirol, kim qul.
Olmosni tanlaymiz deb tanlanadi kul,
Nega adashamiz biz qaytadan nuqul?

Kiyimiga qarab biz orttiramiz do`st,
Odamgarchlikni bilmay qolamiz biroz.
Bu hayot – bir kam dunyo, odamzodga xos,
Asli toshqin narsalar nazaringda oz.

Did haqida baxs qilamiz, uramiz garov,
Munosabat buziladi, yonadi olov.
O`zimizcha past ketamiz qilsak iltimos,
Ko`ngilga kalit esa shirin so`z xolos.

Shahzod, siz meni eshitsangiz agar,
Sizga aytar so`zlarim birmuncha ma’yus.
Siz bizni tashlab olislagan vaqt,
Osmon ham yig`lab, qilardi afsus.

Shahzod, siz bilsangiz agar,
Bizdan ayrib ustozni, xato qildi kuz.
Qolib ketdi shoirsiz minglab qo`shiqlar,
Falakda ham so`ndi porlagan yulduz.

Bu dunyo qorong`u, bu osmon qora,
Daryo kabi imlanib dilim ovora.
Afsuski, bu she’rim sizga bag`ishlab,
Satrga dardim ilib, kuyladim atab.

Bir qator siyoh ichra hayot yashirib,
Farishtangiz qanot yozdi sizga intilib.
Yo`q, yo`q, bu yolg`on, yig`laydi yurak,
Ko`zlarimda nam – xira tush bo`lsa kerak.

Ko`nglimda bir dunyo bo`laman,
Senku meni topa olmaysan.
Sen izlagan daryo bo`laman,
To`g`on bo`lib yopa olmaysan.

Tushlaringga kirmasman hech ham,
Ko`zlaring ham tushmaydi sira.
Men azobman seni suyagan,
Tuyulganda dunyolar xira.

Men xayolman senga ovunchoq,
Dardlaringga malham bo`laman.
Sen-ku meni topa olmaysan,
Sen topgan kun men ketgan bo`laman!

Ko`zlarim xiradir, lekin ko`r emas,
Bu hayot okean, biz kichik kema.
Cheksiz va qirrasiz turli xil odam,
Naqadar xilma-xil, yetmaydi qalam.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xotira
Xonanda:
Radius 21
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 3, 2016