Qalblarga berib taskin,
Keldi biz kutgan zamon.
Barchaga birdek aziz,
Xush kelibsan Ramazon!

Birdek shoh-u miskinlar,
Sanab daqiqa kunlar,
Sogʻingandik muslimlar,
Xush kelibsan Ramazon!

Yo Ramazon, Yo Ramazon,
Sogʻingandik muslimlar,
Xush kelibsan Ramazon! (x2)

Saharda uygʻonamiz,
Iftorda quvonamiz,
Oʻttiz kun hamxonamiz,
Xush kelibsan Ramazon! (x2)

Uyat qildim kamina,
Miskinga ber xazina,
Daf boʻldi araz-gina,
Xush kelibsan Ramazon! (x2)

Yo Ramazon, Yo Ramazon,
Sogʻingandik muslimlar,
Xush kelibsan Ramazon! (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ramazon
Xonanda:
Rashod Azamov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Bilol
Sana:
May 30, 2021