Rayhon - Imkon

Rayhon

Imkon

Yolg’iz bo’lib keldim dunyoga,
Yolg’iz bo’lib ketaman yana.
Ammo yashayotgan umrimda
Tanho bo’lib yashamay, Xudo.
Axir sevgisiz bemazmun bu dunyo.

To’xtamasdan o’tar lahzalar,
Daqiqa soatga aylanar.
Xayolimda goho o’ylayman:
Bu dunyoda men o’zim uchun
Nima qildim? To’xta hayot bir zum.

Menga imkon ber hayot,
Sen menga imkon ber hayot,
Yashashimga, kuylashimga,
O’tmagin ko’z ochib yumsam. (x2)

Kapalak bir kun yashasa ham
Hech qachon qilmas unga alam –
Unga mehrini berar gullar.
Mendagi esa bedor tunlar
Qachon o’tar, baxtim qachon kelar?

Menga imkon ber hayot,
Sen menga imkon ber hayot,
Yashashimga, kuylashimga,
O’tmagin ko’z ochib yumsam. (x2)

Men hali aytmagan qo’shiqlar
Yuragim tubida yosh to’kar,
Ularni kuylashga
Ber imkon hayot.

Menga imkon ber hayot,
Sen menga imkon ber hayot,
Yashashimga, kuylashimga,
O’tmagin ko’z ochib yumsam. (x2)

Yolg’iz bo’lib keldim dunyoga,
Yolg’iz bo’lib ketaman yana…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Imkon
Xonanda:
Rayhon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 22, 2015