Ulugbek Rahmatullaev feat. Rayhon - O'qilmagan kitob

Rayhon, Ulug'bek Rahmatullaev

O’qilmagan kitob

[Rayhon]
Bag’ishladim hayotimni
Izhor aylab his-tuyg’ularimni,
Yengolmadim sog’inchimni,
Yig’a olmadim men xayolimni.

Unga borimni bergandim,
Evaziga nimalar olgandim?
Ketganda bilmagandim,
Aybimni negadir topmagandim.

Sevgilimdan men
Azoblar ko’rdim,
Nega yolg’izman?
Nega? Nega?

[Ulug’bek Rahmatullaev]
O’qilmagan kitobdek sen bo’lgin,
Aytilmagan qo’shiqdek,
Sevging abadiy qolib yashaydi
O’z hislaringni yashira olsang.

O’qilmagan kitobdek sen bo’lgin,
Aytilmagan qo’shiqdek,
Ko’ngil qulfini qiynalib ochsin,
Mashaqqat bilan senga erishsin.

[Rayhon]
U izladi baxt o’zgadan,
Axir sevgim baxshida etganman.
Nelar kerak yana unga?
Kunlarim aylanib borar tunga.

Boru yo’gim hadya etdim,
Netay uni shunchalik men sevdim?
Voz kechganda yosh to’kkandim,
Sevgim uzra afsuslar chekkandim.

Sevgilimdan men
Azoblar ko’rdim,
Nega yolg’izman?
Nega? Nega?

[Ulug’bek Rahmatullaev]
O’qilmagan kitobdek sen bo’lgin,
Aytilmagan qo’shiqdek,
Sevging abadiy qolib yashaydi
O’z hislaringni yashira olsang.

O’qilmagan kitobdek sen bo’lgin,
Aytilmagan qo’shiqdek,
Ko’ngil qulfini qiynalib ochsin,
Mashaqqat bilan…

[Rayhon]
Endi anglaganday bo’ldim
Xatoim asli nimada.
[Ulug’bek Rahmatullaev]
Xatoing sevgingni
Unga oshkor etganda!

[Rayhon]
Nahot sevgim so’nadi
Yolg’on girdobida qolganda?
[Ulug’bek Rahmatullaev]
So’nadi agar ozor bersa
Ishonganing!

[Ulug’bek Rahmatullaev]
O’qilmagan kitobdek sen bo’lgin,
Aytilmagan qo’shiqdek,
Sevging abadiy qolib yashaydi
O’z hislaringni yashira olsang.

O’qilmagan kitobdek sen bo’lgin,
Aytilmagan qo’shiqdek,
Ko’ngil qulfini qiynalib ochsin,
Mashaqqat bilan senga erishsin.

[Rayhon]
Izhor aylab his-tuyg’ularimni…
Yig’a olmadim men xayolimni…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’qilmagan kitob
Xonanda:
Rayhon, Ulug'bek Rahmatullaev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 11, 2013