Rayhon - Qaytadi

Rayhon

Qaytadi

O’tadi bu qayg’uli hasratlar,
To’kilgan bu yoshlar,
Dard-alam o’tar.
O’chadi bu hayotda qiynagan,
Sen ko’rgan azoblar,
Qalbingdan o’char.

Keladi yana bahor, ketadi sendan ozor,
Sen zor bo’lgan bu yorug’ tuyg’ular
Qalbingga qaytadi, sevinchlar qaytar.

O’tadi hasrat, o’tadi nafrat,
Hammasi o’tkinchi, o’tadi sog’inch.
Qaytadi sevgi, qaytadi umid,
O’tar hijron, o’tar qayg’u. (x2)

Qaytadi bu yuragingga yana
Sof, toza muhabbat,
Bor umid qaytar.
Qaytadi bu sen xohlagan kunlar,
Bir umr kutgan baxt
Qalbingga qaytar.

Kezadi bedor bo’lib, kezadi zor tentirab
Xor etgan sevgi uvoli uni.
Yuragin g’ashlaydi, o’tlarga tashlab.

O’tadi hasrat, o’tadi nafrat,
Hammasi o’tkinchi, o’tadi sog’inch.
Qaytadi sevgi, qaytadi umid,
O’tar hijron, o’tar qayg’u. (x2)

(Qaytadi sevgi, qaytadi ishonch,
Qaytadi sevgi, qaytadi quvonch,
Qaytadi sevgi, qaytadi.)

O’tadi hasrat, o’tadi nafrat,
Hammasi o’tkinchi, o’tadi sog’inch.
Qaytadi sevgi, qaytadi umid,
O’tar hijron, o’tar qayg’u. (x2)

Qaytadi sevgi, qaytadi ishonch,
Qaytadi sevgi, qaytadi quvonch,
Qaytadi sevgi, qaytadi. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qaytadi
Xonanda:
Rayhon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 21, 2015