Safiya Saftarova - Vatanim qomusi qo'shiq matni, lyrics

Safiya Saftarova

Vatanim qomusi

Jahonda qomussiz davlat bo`lmag`ay,
Qomussiz xalqlarning baxti kulmag`ay,
Qonunsiz vatanda yashab bo`lmag`ay,
Senga yetmoq edi elim orzusi,
Vatanim qomusi – xalqim nomusi. {x2}

Qonunbuzarlarni Alloh urajak,
Manzilin panjara ichra ko`rajak,
Panohingda xalqim davron surajak,
Senga yetmoq edi elim orzusi,
Vatanim qomusi – xalqim nomusi. {x2}

Seni qo`riqlaydi xushyor posbonlar,
Qotillar o`qiga ko`ksi qalqonlar,
Sherlok Holms darsidan ta’lim olganlar,
Senga yetmoq edi elim orzusi,
Vatanim qomusi – xalqim nomusi. {x2}

Xalqaro huquqdan pok iymoning bor,
Muqaddas kitobdek shuhrat-shoning bor,
Posbonlar safida qahramoning bor,
Senga yetmoq edi elim orzusi,
Vatanim qomusi – xalqim nomusi. {x5}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Vatanim qomusi
Xonanda:
Safiya Saftarova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 16, 2018