Quyosh go`zal vaslin yerdan yashirsa hayron,
Yana mening qalbim, ko`zlarimda hayajon,
Meni kutar oqshom tengsiz, sehrga to`la.
Qo`shiqlarim sensiz, ko`ngil senga intizor,
Yo`ling gulga o`ray, yashnab kelganday bahor,
Xuddi yillar o`tganday sen yana oldimda.
Yonimda sen yana,
Yulduzlar so`nmasin osmonda,
Sehrli oqshom bag`rida biz yana. (x2)
Tushlarimga kirgan senmi o`sha parizod?
Hayotimga kirib, berding sen menga najot,
Hech o`lmasin sevgi, bo`lsin abadiy shu on.
Qo`shiqlarim sensiz, ko`ngil senga intizor,
Yo`ling gulga o`ray, yashnab kelganday bahor,
Xuddi yillar o`tganday sen yana oldimda.
Yonimda sen yana,
Yulduzlar so`nmasin osmonda,
Sehrli oqshom bag`rida biz yana. (x2)
Yonimda, yonimda, yonimda sen yana…
Yonimda, yonimda, yonimda, sen yana oldimda.
Yonimda sen yana,
Yulduzlar so`nmasin osmonda,
Sehrli oqshom bag`rida biz yana. (x4)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- March 6, 2017