Armondaman, yo`ldaman,
Qiynoqdaman, do`ldaman,
Sening ishqingda, yor.
Dengizdaman, ko`ldaman,
Sahrodaman, cho`ldaman,
Sening ishqingda, yor. (x2)

Sochlaringga armonlarim bog`lab qo`ygin,
Yuragimning to`zonin aldab qo`ygin.
Soyangdaman, so`ldaman,
Tushingdaman, o`ngdaman,
Sening ishqingda, yor. (x2)

Sendan na bir xabar,
Na salom kelar bo`ldi.
Bitmagan bu dardlarimga,
Yana dardlar ular bo`ldi.

Ko`zlarimda ko`z yoshlarim,
Netay, yuzim kular bo`ldi.
Sening ishqingda, yor.

Yuragimning azoblari,
Bevafoning sevgisidan,
Yana dardga to`lar ko`nglim,
O`shal yorning kulgusidan.

Sensizlikda devonaman,
Olovda o`tda yonaman.
Sening ishqingda, yor.

Sochlaringga armonlarim bog`lab qo`ygin,
Yuragimning to`zonin aldab qo`ygin.
Soyangdaman, so`ldaman,
Tushingdaman, o`ngdaman,
Sening ishqingda, yor. (x2)

Armondaman, yo`ldaman,
Qiynoqdaman, do`ldaman,
Sening ishqingda, yor.
Dengizdaman, ko`ldaman,
Sahrodaman, cho`ldaman,
Sening ishqingda, yor. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Armon
Xonanda:
Saidakbar Xolmatov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 12, 2019