Bo’larim bo’ldi, jonim,
Falakka yetdi ohim,
Ta’riflab bo’lmas holim,
Tingla, qarog’im.
U tarafda o’tar umrim,
Kerakdan ortar ishqim,
Qo’limdan kelmas korim,
Sensiz ardog’im.
Hey, mohitabonim,
Yurakdan ketma imkonim,
Kel, juftimga aylan,
Tinchimni topay.
Hey, jahli farmonim,
Badandagi darmonim,
Kel, taxtimga aylan,
Davrimni suray.
Hey yigit, naqding qayda?
Kuyarim ko’p bu kuyda.
Bo’ladi peshonada bori,
Boraman, qo’yaman nuqta.
Xayolimni jamlolmayman,
Ovozimni ayamayman,
Olamdan berkitmayman
Sevishimni, yor.
Sen shu kunning mazmuni,
Choyimning shakari,
Totgan taomimning shirin ta’mi.
Bilganingdami, bu dunyoning bori,
Sen bilan birga go’zal, jonim.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 27, 2015