Samir - Man-man

Samir

Man yonadurman

O`tadi kunlar, hijronda tunlar,
Sensizlikda, sensizlikda.
Azobda jonim, qolaman yorim,
Yolg`izlikda, yolg`izlikda, jonginam.

Umrim bahori, gullar ifori
O`zingdirsan, o`zingdirsan.
Tonglarim nuri, qalbim huzuri
O`zingdirsan, o`zingdirsan, jonginam.

Xayolimda faqat sen o`zingsan,
Yuragimda faqat sen o`zingsan, o`zingsan.

Man, man, man yonadurman,
Saning xumor ko`zlaringni ko`rib qonadurman.
Oh, oh, oh yonadurman,
Saning anor yuzlaringni ko`rib qonadurman. (x2)

Yo`q, tan olmayman, sevolmayman o`zga yorni,
Sen topolmaysan men kabi vafodorni.
Yagonam, yolg`iz yorim, beg`ubor, beozorim,
Sen uchun jonim fido, senga tanim-borim.

Man, man, man yonadurman,
Saning xumor ko`zlaringni ko`rib qonadurman.
Oh, oh, oh yonadurman,
Saning anor yuzlaringni ko`rib qonadurman. (x2+x2)

Man, man, man yonadurman…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Man yonadurman
Xonanda:
Samir
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 9, 2016