Niholdek ochilgan gulim,
Sengadir bog`langan dilim,
Sog`inchimni bilmaysan.
Yulduzlar boqar yuzimga,
Oy ham sirdoshdir o`zimga,
Nigohim zordir yo`lingga.

Oh, qanchalar ko`rgim kelar,
Sog`inch qalbimni tirnar.
Mana gullaydi lolalar,
Xabar bermasdir bir ham mayin shamollar.

Qizil gul lolalar, sog`inchli nolalar
Har kun yuragimda.
Yog`adi yomg`irlar, sensiz bu lolalar
So`nadi sog`inchdan.

Faqat bu lolalar, sog`inchli nolalar,
Olgin yuragimdan.
Yog`adi yomg`irlar, sensiz bu lolalar
So`nadi sog`inchdan.

Sog`inchdan qurdim qasrlar,
Ohlarim bildi samolar,
Bizga hamroh afsonalar.
Keladi biz kutgan kunlar,
Oq libosing ham nurlanar,
Qo`llaringda ham lolalar.

Oh, qanchalar ko`rgim kelar,
Sog`inch qalbimni tirnar.
Mana gullaydi lolalar,
Xabar bermasdir bir ham mayin shamollar.

Faqat bu lolalar, sog`inchli nolalar,
Qolgan yuragimda.
Yog`adi yomg`irlar, sensiz bu lolalar
So`nadi sog`inchdan. (x2)

Qizil gul lolalar, sog`inchli nolalar
Har kun yuragimda.
Yog`adi yomg`irlar, sensiz bu lolalar
So`nadi sog`inchdan.

Faqat bu lolalar, sog`inchli nolalar,
Qolgan yuragimda.
Yog`adi yomg`irlar, sensiz bu lolalar
So`nadi sog`inchdan.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Lolalar
Xonanda:
Sanjar Xoliqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 18, 2017