Bergin e’tibor bu ko`zlarimga, bu so`zlarimga,
Faqat seni-seni dedim, yor.
Oshiq bo`lganman sening so`zlaringga, qora ko`zlaringga,
Faqat seni-seni sevdim, yor.

Eslarmisan tun kechalarda bedor?
Sog`inchim oshkor.
Sen ham yuragimdek ozor chekarmisan?
Anglarmisan bu holatimni bemor?
Aytaman takror, mehringla ayla baxtiyor.

Men yor seni sevdim, bedor seni sevdim,
Bemor seni sevdim, oshkor seni sevdim.
Men zor bo`lib sevdim, sarson bo`lib sevdim,
Dunyolardan kechib, jonim berib sevdim.

Anglamadim ma’no ko`zlaringdan, bilmay sevdim,
Seni-seni sevaverdim, yor.
Aldamadim, seni so`zlaringdan ayro sezdim,
Seni-seni sevaverdim, yor.

Eslarmisan tun kechalarda bedor?
Sog`inchim oshkor.
Sen ham yuragimdek ozor chekarmisan?
Anglarmisan bu holatimni bemor?
Aytaman takror, mehringla ayla baxtiyor.

Men yor seni sevdim, bedor seni sevdim,
Bemor seni sevdim, oshkor seni sevdim.
Men zor bo`lib sevdim, sarson bo`lib sevdim,
Dunyolardan kechib, jonim berib sevdim.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sevdim
Xonanda:
Sanjar Xoliqov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 10, 2018