SanJay - Bittaga bitta qo'shiq matni, lyrics

SanJay

Bittaga bitta

Ko`nglimga kelding, ko`nglimni ochdim,
Quvonib sevdim, sirimni berdim.
Kun o`tdi, tun o`tdi, yuzingni ko`rdim,
Lola bu yanglig` dilimda qondir-qondir.

Ey odamlar, man nima yomonlik qildim yorga?
Odamlar, faqat odamlik qildim man.
Yoronlar, nega hech kim dardimni anglolmaydi?
Odamlar, dardimga shifo o`zing, Xudo.

Bittaga bitta, mingtaga mingta,
Aslida yakka o`zing, Xudo.
Yo`lingda jonim, izmingda borim,
Muhabbatingdan etma judo.

Dunyoga keldim, dunyoni ko`rdim,
Ko`z yoshlar to`kib, qadringga yetdim.
Jonimdan kechma, aybimni kechir,
Qanchalar faqirligimni bildim-bildim.

Ey odamlar, man nima yomonlik qildim yorga?
Odamlar, faqat odamlik qildim man.
Yoronlar, nega hech kim dardimni anglolmaydi?
Odamlar, dardimga shifo o`zing, Xudo.

Bittaga bitta, mingtaga mingta,
Aslida yakka o`zing, Xudo.
Yo`lingda jonim, izmingda borim,
Muhabbatingdan etma judo. (x1+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bittaga bitta
Xonanda:
SanJay
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 27, 2019