San Jay - Devona Majnun qo'shiq matni, lyrics

SanJay

Devona Majnun

Man umuman boshqa taraf,
San boshqa taraf bo`lma.
Axir kelgan joyimiz bitta,
Vatanimiz xur, jannat diyor, oh yoron-ey.

Naylay ayt, na aylay, ayt,
Ko`nglingni obod bo`lishi uchun?
Yarimta ko`nglim beraymi
Sani yarim ko`ngling to`lishi uchun?

Uzma ko`zingni ko`zimdan,
Yomon narsalarni o`ylama.
Dardim to`lib ketdi, sen ham dardingni ber –
Yonib kuylay.

Man umuman boshqa taraf,
San boshqa taraf bo`lma.
Axir kelgan joyimiz bitta,
Vatanimiz xur, jannat diyor, oh yoron-ey.

Oyda bo`lsang, man ham oyda bo`lay,
Mayli quyosh ichida senla yonay.
Tak-taka, dum-dum, taka-taka-dum,
Laylim bo`l-ey, man devona Majnun.

Devona Majnun… hey devona Majnun…
hey devona Majnun…
Laylim bo`l-ey, man devona Majnun…

Unmas bir nihol yoki maysa,
Axir joniga mehr tommasa.
Adrda alvon loladan so`ra,
Rangi qizarmas oftobga qonmasa.

Ishqingda sani obod bo`laman,
Har tomonga ochilib-sochilib.
Sen yurgan bog`larda men ham borman,
Nurga to`la havoni yutib.

Man umuman boshqa taraf,
San boshqa taraf bo`lma.
Axir kelgan joyimiz bitta,
Vatanimiz xur, jannat diyor, oh yoron-ey.
Oyda bo`lsang, man ham oyda bo`lay,
Mayli quyosh ichida senla yonay.
Tak-taka, dum-dum, taka-taka-dum,
Laylim bo`l-ey… (x2)
Man devona Majnun…

Hey devona Majnun… {x3}
Laylim bo`l-ey, man devona Majnun…

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Devona Majnun
Xonanda:
SanJay
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 29, 2019