SanJay - Rasululloh sizni sog'indim qo'shiq matni, lyrics

SanJay

Rasululloh sizni sog’indim

Izlaringiz ko`zimga surtay,
Har so`zingiz yodimda tutay,
Siz ko`rsatgan yo`llardan boray,
Rasululloh, sizni sog`indim.

Bir borgina tushimga kiring,
Bir kun borsam, shafoat qiling,
Ummatim, deya erkalab, suying,
Rasululloh, sizni sog`indim.

To`ydim biroz yolg`on dunyodan,
Chin do`stim yo`q sizdan, Ollohdan.
Olib keting, kelib samodan,
Rasululloh, sizni sog`indim.

Uxlolmayman tunlari yig`lab,
Sizni eslab, bag`rimni tirnab.
Jamolingiz sog`inib, qo`msab,
Rasululloh, sizni sog`indim.

Yolg`iz faqat Ollohni sevdim,
Yo Muhammad Mustafo dedim.
Ming bor shukur, ummatingiz bo`ldim,
Rasululloh, sizni sog`indim.

Rasululloh…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Rasululloh sizni sog’indim
Xonanda:
SanJay
Muallif:
Sabriy
Bastakor:
Zmm Music
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 2, 2021