Sanobar Rahmonova - Andijonim go'zal shahrim qo'shiq matni, lyrics

Sanobar Rahmonova

Andijonim go’zal shahrim

Andijonim – go`zal shahrim,
Gullarga konsan, (x2)
Sho`x yigitlar, barno qizlar,
Hurlarga konsan. (x2)

Osmoningda quyosh porlar,
Nurlarga konsan,
Oq oltindek javharlarga,
Durlarga konsan.

Oq oltindek javharlarga,
Durlarga konsan.

Oq oltindan tog` yaratgan
Ulkan karvonsan,
O`lkamizning obro`yisan
Ham pahlavonsan.

Ham ko`hnasan, ham doimo
Yosh, navqironsan,
Andijonim – go`zal shahrim,
Sen jonajonsan!

Andijonim – go`zal shahrim,
Sen jonajonsan! (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Andijonim go’zal shahrim
Xonanda:
Sanobar Rahmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 16, 2018