Sanobar Rahmonova - Onajonlar assalom qo'shiq matni, lyrics

Sanobar Rahmonova

Onajonlar assalom

Bizni mehr bilan siylagan,
Baxtimizdan yonib so`ylagan,
Bizni, faqat bizni o`ylagan,
Onajonlar assalom,
Onajonlar-ey assalom. (x2)

Mehnat bilan oydin yo`lingiz,
Ishda tolmas oltin qo`lingiz,
Doim shunday chevar bo`lingiz,
Opajonlar assalom,
Opajonlar-ey assalom!

Tengdoshlarim, dugonajonlar,
Omon bo`ling-ey jonajonlar,
Yurtimizda otar oq tonglar,
Qadrdonlar assalom.

Bizni mehr bilan siylagan,
Baxtimizdan yonib so`ylagan,
Bizni, faqat bizni o`ylagan,
Onajonlar assalom,
Onajonlar-ey assalom.

Bizni, faqat bizni o`ylagan,
Onajonlar assalom,
Onajonlar-ey assalom.

Mehribonlar-ey assalom…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Onajonlar assalom
Xonanda:
Sanobar Rahmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 25, 2018