Sarbon guruhi (Farhod Saidov) - Bag'ritoshim qo'shiq matni, lyrics

Sarbon guruhi

Bag’ritoshim

Sochlarining uzuni arqon ekanda,
Kuydirmajon so`zlari yolg`on ekanda.
Sochlarining uzuni arqon ekanda,
O`ldirmajon so`zlari yolg`on ekanda,
Izlab topgan makonim hijron ekanda.

Bag`ritoshim manim, kelmaydi qoshim manim,
Bunchalaram beshafqat bo`lib qoldi-yey? (x2)

Shunchalar nozlanishga yor ustamikan,
Bir kunda necha bora har tusdamikan? (x2)
Yo`l qarab rangim zor, bemador qoldim, oh, {x2}
Balki mendayin kuya, yor xastamikan?

Yo o`zgasi ko`nglidan joy topib oldimi?
Yo qalbini tillo zarlar sotib oldimi? (x2)
Yor kelar yo`lin to`sib, zulfiga qulfin osib, {x2}
To`rt taraf eshiklari yopib oldimi?

Bag`ritoshim manim, kelmaydi qoshim manim,
Bunchalaram beshafqat bo`lib qoldi-yey? (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bag’ritoshim
Xonanda:
Sarbon guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 21, 2018