Sarbon guruhi (Farhod Saidov) - Kiyikdan ham o'tdingku

Sarbon guruhi

Kiyikdan ham o’tdingku

Ohumidi ko’zlaring,
Jodumidi ko’zlaring?
Aqlim barbod etding-ku,
Kiyikdan ham o’tding-ku. (x2)

Bir tog’da ko’rinasan,
Bir bog’da ko’rinasan,
Esimdan ayirding-ku,
Kiyikdan ham o’tding-ku.

Sochingga gul taqasan,
Yurakka o’t yoqasan,
Bir boqding-u ketding-ku,
Kiyikdan ham o’tding-ku.

Ohumidi ko’zlaring,
Jodumidi ko’zlaring?
Aqlim barbod etding-ku,
Kiyikdan ham o’tding-ku.

Gado bo’ldi ovchilar,
Ado bo’ldi sovchilar,
Otashdek kuydirding-ku,
Kiyikdan ham o’tding-ku. (x2)

Ohumidi ko’zlaring,
Jodumidi ko’zlaring?
Aqlim barbod etding-ku,
Kiyikdan ham o’tding-ku.

Farhodingni zor aylab,
Dunyosini tor aylab, (x2)
Qushday uchib ketding-ku,
Kiyikdan ham o’tding-ku.

E, ohumidi ko’zlaring,
Jodumidi ko’zlaring?
Aqlim barbod etding-ku,
Kiyikdan ham o’tding-ku.

Ohumidi ko’zlaring,
Jodumidi ko’zlaring?
Aqlim barbod etding-ku,
Esimdan ayirding-ku,
Otashdek kuydirding-ku,
Bir boqding-u ketding-ku,
Eh, kiyikdan ham o’tdingku!

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kiyikdan ham o’tdingku
Xonanda:
Sarbon guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 31, 2015