Sarbon guruhi (Farhod Saidov) - Qizmi bu kiyikmi bu

Sarbon guruhi

Qizmi bu kiyikmi bu

Kuy chalar yurakmi bu,
Sevgidan darakmi bu? (x2)
Yor kelar malakmi bu,
Qizmi bu, kiyikmi bu? (x2)

Qoshlari misli kamon,
Ko’zlari izlar qurbon,
Yetolmay dilda armon,
Qizmi bu, kiyikmi bu? (x2)

Husniga to’yolmaysan,
Umiding uzolmaysan,
Yoniga borolmaysan,
Qizmi bu, kiyikmi bu?

Yonidan o’tolmaysan,
To’r tashlab tutolmaysan,
Quvlama, yetolmaysan,
Qizmi bu, kiyikmi bu?

Qoshlari misli kamon,
Ko’zlari izlar qurbon,
Yetolmay dilda armon,
Qizmi bu, kiyikmi bu? (x2)

Sira gapga kirmaydi-ey,
Jonga rahm qilmaydi-ey,
Hecham avrab bo’lmaydi-ey,
Qizmi bu, kiyikmi bu?

Xayolingdan ketmaydi-ey,
Cho’zsang, qo’ling yetmaydi-ey,
Chaqirsang, xech kelmaydi-ey,
Qizmi bu, kiyikmi bu?

Qoshlari misli kamon,
Ko’zlari izlar qurbon,
Yetolmay dilda armon,
Qizmi bu, kiyikmi bu? (x2)

Yoshlik – beboshlikmi bu?
Sevgidan darakmi bu?
Beboshlik, sho’xlikmi bu?
Qizmi bu, kiyikmi bu?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qizmi bu kiyikmi bu
Xonanda:
Sarbon guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 31, 2015