Kecha kelgumdur debon, ul sarvu gulro` kelmadi,
Ko`zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi.
Kelmadi, yor kelmadi, ko`zga uyqu kelmadi…

Kecha kelgumdur debon, ul sarvu gulro` kelmadi,
Ko`zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqdimu, chekdim yo`lida intizor,
Keldi jon og`zimayu, ul sho`xi badxo` kelmadi.

Kelmadi, yor kelmadi, ko`zga uyqu kelmadi,
Ko`zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi. (x2)

Ul parivash hajridinkim yig`ladim devonavor,
Kimsa bormikin, anga ko`rganda kulgu kelmadi.

Tolibi sodiq topilmas, yo`qsa kim qo`ydi qadam,
Yo`lg`akim, avval qadam ma`shuqi o`tru kelmadi.

Kelmadi, yor kelmadi, ko`zga uyqu kelmadi,
Ko`zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi. (x2)

Kecha kelgumdur debon, ul sarvu gulro` kelmadi,
Ko`zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi.

Lahza-lahza chiqdimu, chekdim yo`lida intizor,
Keldi jon og`zimayu, ul sho`xi badxo` kelmadi.

Kelmadi, yor kelmadi, ko`zga uyqu kelmadi,
Ko`zlarimga kecha tong otguncha uyqu kelmadi. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kelmadi
Xonanda:
Sardor Mamadaliyev
Muallif:
Alisher Navoiy
Bastakor:
Sardor Mamadaliyev
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 23, 2021