Sardor Rahimxon, Doston Ubaydullayev, Abdulaziz Qori - Bayram Ramazon (Ramazon tuhfasi) qo'shiq matni, lyrics

Abdulaziz Qori, Doston Ubaydullaev, Sardor Rahimxon

Bayram Ramazon (Ramazon tuhfasi)

[Sardor Rahimxon]
Osmonlarning eshigin ochib,
Parvardigor rahmatin sochib,
Mo`min dillar mehrini quchib,
Xush kelding, xush qadam Ramazon,
Muslimlarga bayram Ramazon.

[Doston Ubaydullayev]
Suyugimdan lutfi imkonim,
Sabring ila unar iymonim,
Chiroyligim, go`zal mehmonim,
Tashrifingdan quvonmoqda jon,
Islomimning ko`rki Ramazon.

Ramazon, Ramazon, bayram Ramazon,
Ramazon, Ramazon, bayram Ramazon,
Ramazon, Ramazon, bayram Ramazon,
Xush kelding, xush kalom Ramazon.

[Doston Ubaydullayev]
Sahobalar tobe ellardan,
Me’ros bo`lib qalbi gullardan,
Kutdik seni oy-u yillardan,
Mukarramim, savobga imkon,
Muambarim, aziz Ramazon.

[Sardor Rahimxon]
Tarkdir gunoh, duo ijobat,
Zakot oysan, Qur’on tilovat,
Miskin kutar bir bor sahovat,
Maxfiratga chorlar xush zabon,
Jannat vasli imkon Ramazon.

Ramazon, Ramazon, bayram Ramazon,
Ramazon, Ramazon, bayram Ramazon,
Ramazon, Ramazon, bayram Ramazon,
Xush kelding, xush kalom Ramazon.

[Abdulaziz Qori]
Ginalardan butkul kech deysan,
G`aflat tugun bo`lsa yech deysan,
Haqdan tila, qo`ling och deysan,
Isming aytsam, yayramoqda jon,
Islomimning mulki Ramazon.

[Sardor Rahimxon]
Kutib olayin ko`ksimga bosib,
Ro`zadorga dasturxon yozib,
Shaytonni sen zanjirga osib,
Kelishingdan bu ummat shodon,
Rasululloh suygan Ramazon.

La ilaha illolloh, Muhammadur Rasululloh,
La ilaha illolloh, Muhammadur Rasululloh,
La ilaha illolloh, Muhammadur Rasululloh,
La ilaha illolloh, Muhammadur Rasululloh.

Ketishingni o`ylasam shoshib,
Yurak yig`lar sog`inchdan jo`shib,
Savlati rizq mehmoni oshib,
Haqqa chorlar bongsan Ramazon,
Yaxshiyam sen borsan Ramazon.

Ramazon, Ramazon, bayram Ramazon,
Ramazon, Ramazon, bayram Ramazon,
Ramazon, Ramazon, bayram Ramazon,
Xush kelding, xush kalom Ramazon.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bayram Ramazon (Ramazon tuhfasi)
Xonanda:
Abdulaziz Qori, Doston Ubaydullaev, Sardor Rahimxon
Muallif:
Mavluda Esonova
Bastakor:
Fazliddin Rahmonov
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 14, 2021