Sardor Rahimxon – Farishtam qo'shiq matni, lyrics

Sardor Rahimxon

Farishtam

Rivoyat qilishlaricha: Dunyoga kelishga hozirlanayotgan chaqaloq, Tangri Taolodan so`radi:
“Allohim, meni dunyoga keltirishing haqida aytishdi. Ammo u yerda qanday yashayman? Hali juda kichik va kuchsiz bo`lsam.”
– Qo`rqma, – degan javob bo`ldi unga. – Farishtalarimdan biri hamisha oldingda bo`ladi. U seni yaxshi ko`radi. Asrab avaylaydi. Uning kuchli muhabbatini doimo his qilib turasan. Va bu bilan baxtli bo`lasan.
– Lekin insonlar menga gapirishsa, ularni qanday tushunaman? Axir tillarini bilmaymanku?
– Yoningdagi farishtang senga dunyodagi eng go`zal va yoqimli so`zlarni sabr-toqat, muhabbat ila o`rgatadi.
– Agar Sen bilan gaplashishni istasamchi, unda nima qilaman?
– Farishtang sening qo`llaringni ochib, menga duo qilishni o`rgatadi.
– Ammo, ammo dunyoda yomon insonlar ham bor deb eshitdim. Ularning yomonligidan meni kim qutqaradi?
– Farishtang to yoningda ekan, har doim seni ulardan asrashga intiladi.
– Hammasi yaxshiku, faqat Seni ko`ra olmasligimdan mahzunman.
– G`am yema, farishtang senga men haqimda gapirib beradi. Va menga yetishish yo`llarini o`rgatadi.
Chaqaloq yorug` dunyoga ketishga chog`lanarkan, qalbidagi eng so`nggi savolga ham javob olishga intildi:
– Allohim, Farishtamning ismi nima?
– “Farishtang”. Farishtang ismini bilishing shart emas. Sen uni “Onajon” deb chaqirasan…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Farishtam
Xonanda:
Sardor Rahimxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 19, 2019