(Aylansin-o, aylansin,
Polvon bolam aylansin,
Jamila sigir sog’guncha
Yig’lamasin, yupansin. (x2))
Hey odamlaru odamlar,
Dilim yedi alamlar,
Chaqmachaqar, zahar ilon –
Jamilaxonim yomonlar.
Shirin xayol surganim,
Safarlarda yurganim,
Jamilaxonimga yoqmas
O’tirganim, turganim.
Yomonlaru yomonlar,
Doim dushman tomonlar,
Sani tashlab ketar desa,
Jamilaxonim adolar.
Yomonlaru yomonlar,
Doim dushman tomonlar,
Sani tashlab ketar desa,
Jamilaxonim ishonar-ey.
Jamilaxonim yomonlar,
Doim dushman tomonlar,
Falonchi yuradi desa,
Nega mendan gumonlar? (x2)
Mashinasiyam qolmadi,
Tilla zanjir qolmadi,
Mana man degan hovlini
Nazariga ham ilmadi.
Vodiyda ham bor ekan,
Vohada ham bor ekan,
Toshkentida bitta emas,
Sochlaridan serob ekan.
Jamilaxonim, yomonim,
O’zimning qaysar janonim,
Zardalaring shirin-shirin,
Arazni qo’ygin, jonim. (x2)
Jamilaxonim yomonlar,
Doim dushman tomonlar,
Falonchi yuradi desa,
Nega mendan gumonlar? (x2)
(Aylansin-o, aylansin,
Polvon bolam aylansin.
Jamilaxonim adolar.
Aylansin-o, aylansin,
Polvon bolam aylansin.)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- October 22, 2014