Majbur-majbur,
Seni tark etdim majbur.
Majbur-majbur,
Bu hayot etdi majbur. (x1+x1)

Hijronga mahkumman,
Vaslingdan mahrumman,
Ketmoqqa majburman,
Majbur-majbur.

Vollohiy rost sevdim,
Majnunga xos sevdim,
Kechirgin, men ketdim
Majbur-majbur.

Yuragimda bordursan,
Lek boshqaga yordursan,
Ming afsus, sen ham mendek
Ko`nikmoqqa majbursan.

Aylanar garchi osmon,
Boylanar dilga darmon,
Qayda bo`lsang ham mayli,
Baxtli bo`lgin, bo`l omon.

Hijronga mahkumman,
Vaslingdan mahrumman,
Ketmoqqa majburman,
Majbur-majbur.

Vollohiy rost sevdim,
Majnunga xos sevdim,
Kechirgin, men ketdim
Majbur-majbur.

Majbur-majbur,
Seni tark etdim majbur.
Majbur-majbur,
Bu hayot etdi majbur.

Hijronga mahkumman,
Vaslingdan mahrumman,
Ketmoqqa majburman,
Majbur-majbur.

Vollohiy rost sevdim,
Majnunga xos sevdim,
Kechirgin, men ketdim
Majbur-majbur.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Majbur
Xonanda:
Sardor Toirov
Muallif:
Xushnud Darvesh
Bastakor:
Rami Ayach
Klipmeyker:
Sunnat Namozov
Albom:
Yubordi:
Muzrobbek
Sana:
April 14, 2021