Sardor Tairov - Na haqqim bor qo'shiq matni, lyrics

Sardor Toirov

Na haqqim bor

Keldi nogoh hayotimga
Favqulotda sensizlik,
Chirt uzildi sevgi yaproq,
Ishqimiz bog’i kuzlik.
Muboraklar bo’lsin, ey yor,
Endi senga mensizlik,
Mensizlik, ey mensizlik.

G’azal qonin qalamini
Bo’lmas ekan sindirib,
Loyqa dardni ko’z gavhari
Chiqararkan tindirib.
Sen ketarsan o’zga yo’ldan,
Umrimga keldi kirib
Sensizlik, sensizlik.

Endi seni yor demoqqa
Yor, yor, yor,
Na haqqim bor, na huquqim
Bor, bor, bor. (x2)

Bag’rim o’rtar borgan sari
Qismatimning xatolari,
Qay qo’l bilan chekildi, yor,
Ayriliqning imzolari.

Husnubingdan ketmas nari
Boshginasin savdolari,
Ikkimizga o’tmish endi
Sevgi degan dunyolari.

Ikkimizga o’tmish endi
Sevgi degan dunyolari.

Endi seni yor demoqqa
Yor, yor, yor,
Na haqqim bor, na huquqim
Bor, bor, bor. (x2+x4)

Na haqqim bor, na huquqim
Bor, bor…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Na haqqim bor
Xonanda:
Sardor Toirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 12, 2021