Sardor Tairov - Ona qizim qo'shiq matni, lyrics

Sardor Toirov

Ona qizim

Borliging baxtdan darak,
Quvnasang yayrar yurak. (x2)
Bu dunyo shodligi bir tomon,
Men uchun kulging bo`lak. (x2)

Oy mani ona qizim,
Voy mahmadona qizim, ona qizim.
So`zlari shirin so`zim,
Yuzlari xuddi o`zim, ona qizim. (x2)

Nigohlari jayronim,
Jannatdan bir rayhonim.
Baxtingni ko`rsam, qizim,
Yo`qdir zarra armonim. (x2)

Oy mani ona qizim,
Voy mahmadona qizim, ona qizim.
So`zlari shirin so`zim,
Yuzlari xuddi o`zim, ona qizim. (x2)

Xonadonim erkasi,
Uyimiz malikasi. (x2)
Qo`ling tegsa tog` bo`lar, oy qizim,
Dadajoning yelkasi. (x2)

Oy mani ona qizim,
Voy mahmadona qizim, ona qizim.
So`zlari shirin so`zim,
Yuzlari xuddi o`zim, ona qizim. (x2)

So`zlari shirin so`zim,
Yuzlari xuddi o`zim, ona qizim.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ona qizim
Xonanda:
Sardor Toirov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 17, 2021