Yangalaringga ayt, bizni ayirmasinlar,
Aytgin ularga, qanotim qayirmasinlar.
Sensiz yashay olmayman, tushingin axir,
Yangalaringga ayt, bizni ayirmasinlar.
Tor ko`chang buncha loy,
Yig`ladingmi, jonginam?
Ketishingni eshitib,
Jo`shib ketdi qonginam.
Uying tomonga borsam,
Haydab toshlar otdilar.
Mening boyligim eding,
Seni arzon sotdilar.
Yomg`irlar yog`manglar,
Ko`zdagi yoshim ko`rsin.
Qizginaning ostonasin
Mayli, yoshlarim ko`msin.
Qaydan topaman endi,
Ayt, bu dardimga davoni?
Hali hayot ko`rmagan
Mendek baxti qaroni.
Yangalaringga ayt, bizni ayirmasinlar,
Aytgin ularga, qanotim qayirmasinlar.
Sensiz yashay olmayman, tushingin axir,
Yangalaringga ayt, bizni ayirmasinlar. (x2)
To`xtamasdan yog`adi yomg`irlar negadir,
Balki bu ko`z yoshlaringni berkitishingga sabab.
Qo`limdan hech nima kelmasligi boshimni egadi,
Nega yana ko`changdaman, ketishingni bilsam ham?
Og`riydi yuragim, uyg`onadi hislar,
Yana tonggacha uyqu yo`q, choralar izlab.
Tongim otadi, ortadi menda kuchli bir hislar,
Boshqasi kerakmas, kerakmas o`zga qizlar.
Nega boshqa dunyolarmiz, nega taqdir bir qildi?
Axir baxt boylikdamas-u, hammamiz ham bir xilda.
Charchadim sabr qil deb, oxiri kuzataman,
Nega sevaman-u lekin seni o`zgaga uzataman?
Qolmadi madorim endi, faqat u mening borim edi,
Berardim borimni terib, menda u faqat borim edi.
Keraksan, qo`lingni so`rayman, faqat qayirmasinlar,
Ularga ayt, ikkimizni ayirmasinlar.
Yangalaringga ayt, bizni ayirmasinlar,
Aytgin ularga, qanotim qayirmasinlar.
Sensiz yashay olmayman, tushingin axir,
Yangalaringga ayt, bizni ayirmasinlar. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Rauf Nazirjonovga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- January 16, 2019