Benom guruhi - Kechagi kun qo'shiq matni, lyrics

Sarvar va Komil

Kechagi kun

Davom, sensizligim etmoqda davom,
Bunga ko`nikolmadim, ishon,
Begunoh yurak qiynalar hamon.
Yetar, uni sog`inganlarim yetar,
Orzularim sen bilan ketar,
Sensiz kunlarim azobda o`tar.

Sarsonman, xiyonat ko`chasida sargardonman,
Kecha sen bilan, bugun tanhoman,
Aybdor bunga… “Kechagi kun”!

Yuragimda muhrlangan o`sha baxtsiz kun,
Hayotimni egalladi go`yo zulmat tun.
Qayg`ularimga, sensizligimga
Aybdor faqat – “Kechagi kun”. (x2)

Qo`lim, qo`l uzatsam, yetmaydi qo`lim,
Tobora xiralashar yo`lim,
Endi o`zgasan, qiynalar dilim.
Afsus, seni deb yurak yig`lar hanuz,
Rad etding, ko`zing nega ma’yus?
Savollar bilan qoldim yuzma-yuz.

Sarsonman, xiyonat ko`chasida sargardonman,
Kecha sen bilan, bugun tanhoman,
Aybdor bunga… “Kechagi kun”!

Yuragimda muhrlangan o`sha baxtsiz kun,
Hayotimni egalladi go`yo zulmat tun.
Qayg`ularimga, sensizligimga
Aybdor faqat – “Kechagi kun”. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Karimov Davlatyor (@mrgeograph)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kechagi kun
Xonanda:
Sarvar va Komil
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 13, 2019