Sahar, sendan umidlarim ko`p,
Sahar, mensiz o`tib ketmagin,
Sening oppoq, yorqin, beg`ubor
Ko`zlaringga hali to`ymadim.
Anduhlardan qarodir tunlar,
Oqibatsiz o`tadi kunlar,
Faqat seni eslamoq yaxshi,
Sen taskinsan, umrimning naqshi.
Faqat seni eslamoq yaxshi,
Sen taskinsan, umrimning naqshi.
Dardlarimni senga bermasman,
Men zaminda endi qolmasman.
Meni ko`zlaringda olib ket,
U bezavol makoningga elt.
Meni ko`zlaringda olib ket,
U bezavol makoningga elt.
Oyning nuri ko`ksimni tig`lar,
O`ylarimday ko`zi parishon,
Ona, nechun ko`zlaring yig`lar,
Bugun aslo o`lmayman, ishon.
Derazamdan rayhonlar kirar,
Kuylar tongni keltirgan shamol.
Uzoqlarda kimdir sog`inar,
Ona, endi o`lmasman, ishon.
Uzoqlarda kimdir sog`inar,
Ona, endi o`lmasman, ishon.
Dardlarimni senga bermasman,
Men zaminda endi qolmasman.
Meni ko`zlaringda olib ket,
U bezavol makoningga elt.
Meni ko`zlaringda olib ket,
U bezavol makoningga elt.
Ona, endi o`lmasman, ishon…
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- May 9, 2016