Yuz ming yillik asl tarix egasi,
Nom taratgan millat sha’ni, ertasi.
Ajdodlarim yotgan aziz tuprog`im,
Noming o`chmas mangu, ulug` o`zbegim! (x2)
Sen kechasan, sen bugunsan, sen erta,
Buyuk noming o`chmas bo`lib taralgan.
Bobolaring qoni mangu tomirda,
O`zbek shunday buyuk bo`lib yaralgan.
Kim, kim bo`lgan Amir Temur bobomlar,
Oshib qancha tog`u, qancha dovonlar,
Adolatli hukmlar bitgan podshoh,
Barpo etgan, oltin oppoq saroylar.
Navoiydir o`z tilimiz anglatgan,
Qo`lga qalam olib, dovrug` taratgan.
Ulug`bekdir yulduzlarning sirdoshi,
Qay yurtda bor buyuklarning izdoshi?
Tarixingdan o`rnak olgan dunyolar,
Ibrat bo`lgan dono xalqim, o`zbegim!
Sen kechasan, sen bugunsan, sen erta,
Buyuk noming o`chmas bo`lib taralgan.
Bobolaring qoni mangu tomirda,
O`zbek shunday buyuk bo`lib yaralgan.
Mana bugun shon-shuhratlar bizniki,
Shu Vatanda yayrab o`sgan o`zniki.
Boshimizda panoh Yurtboshimiz bor,
Shunday ekan, buyuk kelajagimiz bor!
Sen kechasan, sen bugunsan, sen erta,
Buyuk noming o`chmas bo`lib taralgan.
O`zbekiston sen o`zligim, sen faxrim,
Shu zaminda tug`ilganim chin baxtim! {x2}
Sen doimo buyuksan!
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- July 10, 2016