Siz yashagan hovlilarga
Borolmayman, onajon.
Borsam, yayrab borligingizday
Kulolmayman, onajon.
Siz baxsh etgan bu bag`rimning
Bag`riga toshlar sindi.
U toshlarga boshim urib,
Yorolmayman, onajon.
U toshlarga boshim urib-ey,
Yorolmayman, onajon.
Onajonim, mehribonim,
Jannatlarga yetdingizmu?
Bu bevafo dunyolarga
Meni tashlab ketdingizmu?
U uylarga endi menga
Boradigan yo`llar yo`q,
Bir ko`rpacha to`shaguncha
Kutadigan sabrim yo`q.
U uylarning to`shaklari
Nahot shuncha yupqadir?
Yupqalashib ketdimi yo
Bilolmayman, onajon.
Onajonim, mehribonim,
Jannatlarga yetdingizmu?
Bu bevafo dunyolarga
Meni tashlab ketdingizmu?
Borsam, qizim keldingmi, deb
Chiqolmaysiz, onajon.
Bo`ylaringdan o`rgilay, deb
Turolmaysiz, onajon.
Peshonamni silab-siypab,
O`polmaysiz, onajon.
Bir ko`ray deb borsam agar,
Topolmayman, onajon.
Onajonim, mehribonim,
Jannatlarga yetdingizmu?
Bu bevafo dunyolarga
Meni tashlab ketdingizmu?
Bir ko`ray deb borsam agar,
Topolmayman, onajon.
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 13, 2018