Setora (Setanho) guruhi - Ajdodlar ruhi

Setora guruhi

Ajdodlar ruhi

Dovonlar osha o’zib,
G’animlar kelar to’zib.
Qilichdan o’tib har jon,
Ariqlardan oqdi qon.

Tinch yering bo’ldi vayron,
Yovlarga to’ldi har yon.

Tinchlik bermadi senga
Xalqning ohu-fig’oni,
Qaddingni bukmay bording
Elimning mard o’g’loni.

Kurashding g’anim bilan
Chiqquncha qora joni.
Olishding g’anim bilan
Chiqquncha qora joni.

Bor, begunoh xalqing faryodi,
Azobli go’dak nolasi.
Bor, sen uchun qalqon bo’lguvchi
Zabardast farzandlaring bor.

Bor, ona tuprog’ing bag’rida
Asrlar uzra beg’ubor,
Ajdodlar ruhi madadkor,
Zafar senga bo’ldi yor.

Tomiringdan oqadi
Sadoqat, vafo qoni,
Qalbingdan o’chmas sening
Xo’rlangan ayol dodi.

Adovating bor sening,
Sendan xalqing umidi.

Mangu zulmatga ketar
Ayanch, qayg’uli kunlar,
Batamom o’tmas endi
Biz tomon vaxshiy yovlar.

Tabarruk ona yerim,
Bag’rida yayrar elim. (x2)

Bor, begunoh xalqing faryodi,
Azobli go’dak nolasi.
Bor, sen uchun qalqon bo’lguvchi
Zabardast farzandlaring bor.
Bor, ona tuprog’ing bag’rida
Asrlar uzra beg’ubor,
Ajdodlar ruhi madadkor,
Zafar senga bo’ldi yor. (x2)

Zabardast farzandlaring bor…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ajdodlar ruhi
Xonanda:
Setora guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 11, 2015