Men sezib turaman gunohkorliging,
Va buni sira tan olmasliging ham.
Boshlanib bu holga isyonkorligim,
Bergim kelib qolar bariga barham.

Ketaman, kunlarim o’tadi yolg’iz,
Endi baxt onlarin eslatib hargiz.
Sen tomon tortqilar yurak o’tinchim,
Sen tomon tortqilar yurak o’tinchim.

Men qaytib kelaman, shudir bo’lganim,
Sezaman, senda ham yo’qligin huzur.
Meni kutib olar ko’zga to’lgan nur,
So’z bilan hech qachon aytilmas uzr.

Ketaman, kunlarim o’tadi yolg’iz,
Endi baxt onlarin eslatib hargiz.
Sen tomon tortqilar yurak o’tinchim,
Sen tomon tortqilar yurak o’tinchim.

Sen tomon tortqilar yurak o’tinchim… (x2)
Ketaman…
Faqat sen tomon tortqilar yurak o’tinchim…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sen tomon
Xonanda:
Sevara Nazarkhan
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 12, 2015