Bilaman, dunyo bir kam,
Shundan dunyo yig`madim.
Goh dunyoga sig`sam ham,
O`z-o`zimga sig`madim.

Ko`ngil to`lib ketgan chog`,
Lablarimni mixladim.
Xorlik solganda qiynoq,
Qadrim uchun yig`ladim.

Biri kam dunyo azal,
Dema: “u deb yig`ladim”.
Umidim mening afzal,
Sirdoshim aziz nadin?

Qahraton chog`lar sambit
Novdasiday ko`kladim.
Eh, dunyo ne boumid
Faqat seni yo`qladim.

Bizlar kelib ketguvchi,
Bunda men na siqtadim.
Bizni quvib o`tguvchi
Dunyo – yosh, g`oyat qadim.

Biri kam dunyo azal,
Dema: “u deb yig`ladim”.
Umidim mening afzal,
Sirdoshim aziz nadin? (x2)

Sirdoshim…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sirdoshim
Xonanda:
Sevara Nazarkhan
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 20, 2019