Yana kiydim senga yoqqan o’sha ko’ylagim,
Sochlarimni mayin tarayman sen uchun.
Yana ko’zlarim seni izlar,
Sog’ina-sog’ina yo’lingni ko’zlar,
Seni ko’rsam, yuragim yonar, kuyar. (x2)
Lablarimni qirmizi-qirmizi
Bo’yab oldim ataylab sen uchun.
Yuragimning yolg’izi-yolg’izi
Hayotingni bag’ishla faqat men uchun.
So’zlarimning shakarini-shakarini
Kelganingda qulog’ingga aytaman.
Xafa qilsang, zaharimni-zaharimni
Bilib qo’ygin, ayab o’tirmay sochaman.
Lablarimni qirmizi-qirmizi
Bo’yab oldim ataylab sen uchun.
Yuragimning yolg’izi-yolg’izi
Hayotingni bag’ishla faqat men uchun.
So’zlarimning shakarini-shakarini
Kelganingda qulog’ingga aytaman.
Xafa qilsang, zaharimni-zaharimni
Bilib qo’ygin, ayab o’tirmay sochaman.
Yana kiydim senga yoqqan o’sha ko’ylagim,
Sochlarimni mayin tarayman sen uchun.
Yana ko’zlarim seni izlar,
Sog’ina-sog’ina yo’lingni ko’zlar,
Seni ko’rsam, yuragim yonar, kuyar. (x2)
Lablarimni qirmizi-qirmizi
Bo’yab oldim ataylab sen uchun.
Yuragimning yolg’izi-yolg’izi
Hayotingni bag’ishla faqat men uchun.
So’zlarimning shakarini-shakarini
Kelganingda qulog’ingga aytaman.
Xafa qilsang, zaharimni-zaharimni
Bilib qo’ygin, ayab o’tirmay sochaman. (x1+x1)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- July 30, 2015