Sevinch Mo'minova - Xayolimdasan qo'shiq matni, lyrics

Sevinch Mo'minova

Xayolimdasan

Yoningda bo`lsam,
Mehringga to`yib olsam.
Ko`zlarim yumsam,
Ochsam-u seni ko`rsam.

Xayollaringdan
Bir soniya ham ketmasam,
Sevgi osmoningda
Tanho yulduzing bo`lsam.

Ko`zlaringda o`zimni ko`ra olsam,
Yuragingda bir umrga qolsam.

Jonimning jonidasan,
Lay-la-lay, la-lay, lay-lay-lay.
Har dam xayolimdasan,
Lay-la-lay-lay, lay-lay-lay. (x2)

Dardimga bilsang,
Sevgingdan topdim davo.
Men bundan hech ham
Afsuslanmasman aslo.

Sen hayotimda
Borliging o`zi bir dunyo.
Go`yo men uchun
Yaralgandaysan tanho.

Ko`zlaringda o`zimni ko`ra olsam,
Yuragingda bir umrga qolsam.

Jonimning jonidasan,
Lay-la-lay, la-lay, lay-lay-lay.
Har dam xayolimdasan,
Lay-la-lay-lay, lay-lay-lay. (x2)

Ko`zlaringda o`zimni ko`ra olsam,
Yuragingda bir umrga qolsam.

Jonimning jonidasan,
Lay-la-lay, la-lay, lay-lay-lay.
Har dam xayolimdasan,
Lay-la-lay-lay, lay-lay-lay. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Karimov Davlatyor (@mrgeograph)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xayolimdasan
Xonanda:
Sevinch Mo'minova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 2, 2019