Shahnoz - Ramazon qo'shiq matni, lyrics

Shahnoz

Ramazon

Sog`inib kutganimizsan,
Xush kelibsan, ulug` Ramazon.
Muqaddas Qur’oni Karim nozil bo`lgan,
Aziz oyim Ramazon.

Senda eshik ochadi Jannat,
Yopilgay senda Jahannam.
Ramazon, senda hattoki baxt
Omonatni topshirish ham.

Sabr-toqat oyi Ramazon,
Senda niyat ushalgay begumon.
Allohim o`ziga yaqinroq bo`lishga
Bizga bergan imkoni – Ramazon. (x2)

Rahmatingga olgin o`tganlarni,
Umri uzun bo`lsin tiriklarni.
Ushaltir ezgu niyatni, Tangrim,
Mustajob etgin duolarni.

Baxtini bergin baxtsizlarga,
Omad bergin omadsizlarga.
Rahmatlaringni yog`dirgin, Alloh,
Ona yurtim O`zbekistonimga.

Sabr-toqat oyi Ramazon,
Senda niyat ushalgay begumon.
Allohim o`ziga yaqinroq bo`lishga
Bizga bergan imkoni – Ramazon. (x2)

Har kimning ezgu niyatini,
Mustajob etgin duolarini.
Har ishga qodir Alloh, o`zing
Afu etgin gunohlarini.

Sabr-toqat oyi Ramazon,
Senda niyat ushalgay begumon.
Allohim o`ziga yaqinroq bo`lishga
Bizga bergan imkoni – Ramazon. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ramazon
Xonanda:
Shahnoz
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 6, 2021