Ko’z nurim, qarog’im ham,
Eng yorqin chirog’im ham,
Yashnab turgan bog’im ham,
Suyangan tog’im dadam.

Siz gavharimsiz, durimsiz,
Sof vijdon, g’ururimsiz,
Mehri daryo, g’amxo’rimsiz,
Suyangan tog’im dadam.

Jon Dadajonim, siz mehribonim,
Baxtimga sog’ bo’ling, jonu-jahonim.
Jon dadajonim, suyangan tog’im,
Eng aziz insonimsiz, jon dadajonim!

Goh olisga ketsam ham,
Sog’inib ko’zida nam,
So’zi ko’nglimga malham,
Jon dadam, jonim dadam.

Xomush bo’lsam yo betob,
Boshda parvonam shu tob,
Tunda oy, kunda oftob,
Jonim dadam, jon dadam.

Jon Dadajonim, siz mehribonim,
Baxtimga sog’ bo’ling, jonu-jahonim.
Jon dadajonim, suyangan tog’im,
Eng aziz insonimsiz, jon dadajonim!

Dadajon, qalbingsiz hamisha shod,
Umringiz bo’lsin obod.
Siz men uchun ulug’ zot,
Jon dadam, jonim dadam.

Jon Dadajonim, siz mehribonim,
Baxtimga sog’ bo’ling, jonu-jahonim.
Jon dadajonim, suyangan tog’im,
Eng aziz insonimsiz, jon dadajonim!

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dadajonim
Xonanda:
Shahnoza Otaboyeva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Shahnoza (@shahnoz_art)
Sana:
December 5, 2021