Ko`zlarimga boq, rostini so`zla,
Senga vafo etmadimmi?
Hammadan kechib, bir seni deya,
Ayt, balki xato qildimmi?
Men uchun yolg`iz suyanchim eding,
Ishongandim senga dilimni.
Endi sen mendek xo`rlanganingda
Men senga kerak bo`ldimmi?
Aldagan sen,
Tunlar dardli yig`latgan sen,
Armonlarga yuzlatgan sen,
Ishontirib, ayt, nega ketding?
Aldagan sen,
Sensizlikka o`rgatgan sen,
Yuragimni muzlatgan sen,
Unutganda, ayt, nega kelding?
Ko`zlarimga boq, qanchalar bu dard
Azoblagan yuragimni.
Men yashar edim seni deb faqat,
Sezmas edim keragimni.
Ayt, nega kelding yangilab yana
Unutilgan alamlarimni?
Sen emasmiding axir o`shanda
O`yin qilgan tuyg`ularimni?
Aldagan sen,
Tunlar dardli yig`latgan sen,
Armonlarga yuzlatgan sen,
Ishontirib, ayt, nega ketding?
Aldagan sen,
Sensizlikka o`rgatgan sen,
Yuragimni muzlatgan sen,
Unutganda, ayt, nega kelding? (x1+x1)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- March 10, 2018