Shahzoda - Bilaman qo'shiq matni, lyrics

Shahzoda

Bilaman

Bilaman, erta-yu kech men xayolingdaman,
Har soniya, har dam yoningdaman.
Sen mening qalbimda yagonasan,
Bittasan.

O`ylama, men sening yuragingni asrayman,
Faqatgina bir senla yashayman.
Bir zumga ham yoningdan ketmayman,
Bilasan.

Ko`zlaringga ishondim,
Erkalaysan meni doim.
Kecha, bugun, ertaga ham
Sevasan, meni sevasan. (x2)

Lekin sen bu yuragimni hech yaralama,
Rashkimni hech qachon qoralama.
Bog`langan dilimni poralama,
Sinama.

O`ylama, men seni yuragimda asrayman,
Seni bir zumga yolg`iz qo`ymayman.
Sensizlikka hech qachon ko`nmayman,
Bilasan.

Ko`zlaringga ishondim,
Erkalaysan meni doim.
Kecha, bugun, ertaga ham
Sevasan, meni sevasan. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bilaman
Xonanda:
Shahzoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 13, 2019